"Xitoy-Markaziy Osiyo" sammitida Afg‘oniston masalasi ko‘tarildi
Sian shahrida Markaziy Osiyo prezidentlari ishtirokidagi sammit o‘z ishini boshladi.

Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda yordam berishga tayyor. Bu haqda Xitoy yetakchisi Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Xitoy-Markaziy Osiyo" sammitida maʼlum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga huquq-tartibot va mudofaa salohiyatini mustahkamlashga yordam berishga, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni saqlash va terrorizmga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor", — dedi Si Szinpin.
Shuningdek, u Xitoy Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan tiklashga ko‘maklashishda davom etishini taʼkidladi.
"Markaziy Osiyoning suvereniteti, xavfsizligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi saqlanishi, Markaziy Osiyo xalqi tanlagan taraqqiyot yo‘li hurmat qilinishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Sian shahrida "Xitoy-Markaziy Osiyo" sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishmoqda.







