Erdog'an Putin bilan munosabatlari tobora yaxshilanib borayotganini aytdi
Turkiya G'arb davlatlari kabi Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilmaydi.

Saylovlarning ikkinchi bosqichiga bir hafta qolganda Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an "CNN" telekanaliga bergan intervyusida uning mamlakati Rossiya bilan ijobiy munosabatlarga ega ekanligini va Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi emasligini aytdi.
"Rossiya va Turkiya bir-biriga har tomonlama yordam beradi", — dedi u va Vladimir Putin bilan o'zining "maxsus munosabatlari" chuqurlashib borayotganini ta'kidladi.
Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Rossiya kabi davlatga nisbatan “juda muvozanatli yondashuv”ga muhtoj.
Turkiya Prezidenti yana bir bor uning mamlakati G‘arb davlatlari kabi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar qo‘llamasligini ta’kidladi.







