Siyosat

Rossiya Barak Obamaga mamlakatga kirishni taqiqladi

AQSHning 44-prezidenti Barak Obama va yana 499 nafar amerikalik uchun Rossiyaga kirish taqiqlandi. Bu chora AQSHning Moskvaga qarshi sanksiyalariga javoban kiritildi, deb xabar bermoqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi sayti.

Rossiya Barak Obamaga mamlakatga kirishni taqiqladi

“(AQSH prezidenti) Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan Rossiyaga qarshi muntazam ravishda joriy etilayotgan hamda Vashingtonning rejasiga ko‘ra, Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazishga, rasmiylar va mamlakatimizning oddiy fuqarolariga shaxsan taʼsir ko‘rsatishga qaratilgan sanksiyalarga javoban Rossiya Federatsiyasiga 500 nafar amerikalikning kirishi taqiqlandi”, — deyiladi TIV bayonotida.

«Stop-list»ga kiritilgan AQSH fuqarolari orasida kongressmenlar va Ukrainaga qurol yetkazib beruvchi harbiy-sanoat kompleksi kompaniyalari rahbarlari, komiklar Stiven Kolbert va Jimmi Kimmel, shuningdek, 2021 yilda Kapitoliyga bostirib kirgan olomonni taʼqib qilishda “bevosita ishtirok etgan kishilar” bor.

Avvalroq AQSH moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilganini eʼlon qilgandi. Rossiya va boshqa mamlakatlardan 200 ga yaqin kompaniya va 46 jismoniy shaxs yangi cheklovlar ostiga tushgan.

2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqini boshlanganidan buyon AQSH va uning 37 ta ittifoqchisi Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritdi. Reuters taʼkidlaganidek, cheklovlarning so‘nggi bosqichi asosan Rossiya sanoatiga qaratilgan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Rossiya Barak Obamaga mamlakatga kirishni taqiqladi | Zamon.uz