0

O‘zbekistonda “Suvchilar maktabi” tashkil etilmoqda

U Prezident tashabbusi asosida ochilyapti.

O‘zbekistonda “Suvchilar maktabi” tashkil etilmoqda

 

O‘zbekistonda “Suvchilar maktabi” tashkil etilmoqda. Bu haqda Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining rasmiy telegram-kanalida xabar qildi.

 

Maktabni tashkil etishdan maqsad qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga suvdan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishishni o‘tgatishdir. Bunda innovatsion texnologiyalar, rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotiga joriy etilayotgan yangi tajribalar orqali maktab aʼzolari faoliyati takomillashtirib boriladi.

 

Prezident tashabbusi asosida tashkil etilayotgan maktabning tashkilotchilari etib «Agrobank», Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti belgilangan.

 

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"