O'zbekiston

Toshkent viloyatida o‘quvchilar majburiy tadbirga jalb etildi

O‘quvchilar harakati sabab serqatnov ko‘chada tirbandlik yuzaga kelgan.

Toshkent viloyatida o‘quvchilar majburiy tadbirga jalb etildi

 

Joriy yilning 8 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 17-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari soat 9:30da darsga kiritilmasdan, majburiy tarzda tadbirga jalb etilgani haqida tanqidiy xabar tarqalgan.

 

Ushbu holat yuzasidan Chirchiq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi shu kunning o‘zida o‘rganish olib borgan va quyidagilarni aniqlagan. Haqiqatdan ham maktabning 1-smenada o‘qiydigan 435 nafar o‘quvchilari ishtirokida “9-may Xotira va qadrlar kuni” munosabati bilan maktabning maʼnaviy maʼrifiy-ishlar hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi Transformator zavodi hududidagi yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirilgan.

 

O‘quvchilar harakati davomida serqatnov ko‘chada tirbandlik yuzaga kelgan. Vaziyatdan xabardor bo‘lgan shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi rahbariyati shu vaqtning o‘zida o‘quvchilarni darsga qaytargan.

 

O‘quvchilarni maxsus ruxsatsiz dars vaqtida tadbirga jalb qilgan maktab maʼmuriyatiga shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan intizomiy chora ko‘rilgan.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.