Salomatlik

Vazir tug‘uruqxonalardagi vaziyatni tanqid qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Vazir tug‘uruqxonalardagi vaziyatni tanqid qildi

 

30 may kuni sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Vazir so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda tug‘uruq komplekslari faoliyati bo‘yicha ko‘plab salbiy fikrlar tarqalayotganiga urg‘u berib, internet tarmog‘i faollarining tizimdagi og‘ir nuqtalarni ko‘rsatib berayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

 

"Davlatimiz tomonidan dori-darmon va sarflov materiallari uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilayotgan bir paytda nega homiladorlarga yoki uning qarindoshlari qo‘liga dori-darmon ro‘yxati yozib berilmoqda, deb o‘zimizga savol berishimiz kerak. Tug‘uruq kompleksi rahbarining o‘zi korrupsiyaning tepasida bo‘lsa, hammani bir ko‘zda ko‘rmasa, tanish-bilishchilik qilsa, unda nima bo‘ladi, muassasada nosog‘lom muhit shakllanib, jamoa parokandalikka uchraydi. Aksariyat muassasalar faoliyati yuzasidan kelib chiqqan shikoyatlarning negizida shu omillarni ko‘ryapmiz", — dedi u.

 

Shuningdek, Amrillo Inoyatov tug‘ruqlarning aksariyati kesarcha kesish orqali amalga oshirilayotgani, bu operatsiyalarni ayrim muassasalarda faqat bir mutaxassis o‘tkazib, boshqa yosh va mahoratli shifokorlarga imkoniyat berilmasligini ham tanqid qildi. Bunga esa muassasa rahbarining aralashuvi sabab, deb hisoblaydi u.

 

"Videomuloqotda ko‘tarilgan yana bir muhim yo‘nalish — tibbiyotning barcha sohalari xodimlari uchun zarur bo‘lgan etika-deontologiya masalalari bo‘ldi. Bemor murojaat qilib kelganda "seni noto‘g‘ri davolabdi, xato operatsiya qilibdi, endi men to‘g‘rilayman" degan nosog‘lom qarash bilan kurashish zarurati haqida to‘xtalib o‘tildi", — deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, muassasaning registratura va qabul bo‘limlari xodimlari uchun kommunikativ standartlar, bemor holatining yomonlashuvi yoki yaqinlarining noroziligiga sabab bo‘luvchi harakatlardan tiyilishda amal qilish lozim bo‘lgan meʼyorlar haqida maʼlumot berilgan.

 

Yig‘ilish yakunida faoliyati bo‘yicha ko‘p eʼtiroz kelib tushayotgan muassasalar rahbarlari keskin tanqid qilinib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan masʼullar qatʼiy ogohlantirilgan.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"