O'zbekiston

Ijtimoiy himoya milliy agentligi kimlarga yordam beradi?

Maʼlum qilinishicha, agentlik 31 ta aholi toifasiga ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi kimlarga yordam beradi?

 

Avvalroq aholiga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy qilish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgani xabar qilingandi.

 

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan aholi bilan manzilli ishlashni tashkil qilishdan iborat bo‘lib, aholining 31 ta toifasiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etadi.

 

Xususan:

 

—keksa yoshdagi shaxslar va qariyalar;

 

—o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar;

 

—nogironligi bo‘lgan shaxslar;

 

—kam taʼminlangan oilalar;

 

—zo‘ravonlikka uchragan shaxslar;

 

—nogiron farzandlari bo‘lgan oilalarga va ota-onasining biri nogiron bo‘lgan bolalar;

 

—vasiylikka olingan oilalar;

 

—yetim va chin yetim bolalar;

 

—alohida taʼlim-tarbiyaga muhtoj shaxslar ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.

 

Agentlik tomonidan aholiga quyidagi asosiy ijtimoiy xizmatlar  va yordamlar ko‘rsatiladi:

 

—kam taʼminlangan oilalarga hamda mehantga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordamlar berish;

 

—keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;

 

—aholini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash;

 

—nogironligi bo‘lgan shaxslarni imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishini taʼminlash;

 

—nogironligi bo‘lgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish;

 

—og‘ir ijtimoiy oilalar bilan ishlash;

 

—ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish;

 

—tazyiq va voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish;

 

—yetim va chin yetimlar bilan manzilli ishlash;

 

—extiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarini ko‘rsatish.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"