Salomatlik

Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi boshlandi

Anjumanni Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ochib berdi.

Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi boshlandi

 

Sharq gavhari deya atalmish go‘zal Samarqand shahri bir hafta o‘tib, yana bir yirik anjumanga mezbonlik qilmoqda. 3-4 iyun kunlari ushbu qadimiy kentda O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi bo‘lib o‘tadi. Bugun “Silk Road Samarkand” majmuasi “Minyoun” mehmonxonasida mazkur nufuzli tadbirning rasmiy ochilishi boshlandi.

 

Anjumanda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, shuningdek diplomatik korpus vakillari, har ikki tomonning yetakchi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektor va professorlari, nufuzli tibbiyot klinikalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yirik farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"