Tarixda trebl qayd etgan jamoalar

Kecha “Manchester Siti” ana shunday natijani qayd etdi.

Tarixda trebl qayd etgan jamoalar

 

Kecha Chempionlar ligasi finalida manchesterliklarning bir qismi quvongan bo‘lsa, ikkinchisi qayg‘uli holatda edi. “Siti” «Inter»ni mag‘lub etib, afsonaviy Aleks Fergyuson jamoasining 1999 yildagi yutug‘ini takrorladi. Gvardiola jamoasi Angliyada treblni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan “qizil iblislar”dan keyin ikkinchi jamoa bo‘ldi. Murabbiyningo‘zi ikkinchi marta eng ajoyib mavsumni o‘tkazdi. 2009 yilda Gvardiola “Barselona” bilan treblni qo‘lga kiritgandi.

 

Bugun biz ushbu yutuqni qo‘lga kiritgan tarixdagi boshqa jamoalar haqida maʼlumot bermoqchimiz.

 

«Seltik» — 1966/1967

Davlat: Shotlandiya

Murabbiy: Jok Shtayn

Eng yaxshi to‘purar: Jo Makbrayd (35 ta)

 

Birinchi Yevropa treblini Glazgo jamoasi qo‘lga kiritgan. O‘sha mavsumda jamoa Shotlandiya ligasi kubogini ham qo‘lga kiritishdi. Shotlandiya chempionatida Jok Shtayn jamoasi «Aberdin» klubini mamlakat kubogi finalida mag‘lub etishdi, keyin esa Chempionlar kubogida g‘alaba qozondi.

 

«Ayaks» — 1971/1972

Davlat: Niderlandiya

Murabbiy: Stefan Kovach

Eng yaxshi to‘purar: Yoxan Kroyff (33 ta)

 

Afsonaviy Yoxan Kroyffdan ilhomlangan va total futbolning eng yaxshi namunalarini namoyish etgan «Ayaks» o‘shanda mavsum davomida 48 ta o‘yindan atigi 1 tasida mag‘lub bo‘ladi. Amsterdam jamoasi Gollandiya chempionatidagi so‘nggi 27 o‘yinning 26 tasida g‘alaba qozongan va Den Hag kubogi finalida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. «Ayaks» Rotterdamda Chempionlar kubogi final uchrashuvini o‘tkazadi va u yerda 67 000 tomoshabin ishtirokida Kroyffning dubli evaziga «Inter»ni mag‘lub etishadi. 

 

«PSV» — 1987/1988

Davlat: Niderlandiya

Murabbiy: Gus Xiddink

Eng yaxshi to‘purar: Vim Kiyeft (33 ta)

 

16 yil davomida hech bir jamoa treblga erisha olmadi. Bu Yevropa futbolidagi eng uzun seriya edi. O‘shanda Guus Xiddinkning bosh murabbiy sifatidagi birinchi to‘liq mavsumi bo‘ldi. Uning shogirdlari chempionatda «Ayaks» 9 ochko farq bilan oldinga o‘tib ketib mamlakat chempionligini qo‘lga kiritadi. Jamoa 34 ta o‘yinda 117 ta gol uradi. «PSV» Gollandiya kubogi finalida ishonchli harakat qiladi. Chempionlar kubogida gollandlar 1/4 final bosqichidan boshlab ular birorta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi va faqat mehmonda urilgan gollar evaziga keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Shu tariqa ular «Bordo» va “Real”ni ortda qoldirishadi. «Benfika»ga qarshi final o‘yinida penaltilar seriyasida g‘alabani qo‘lga kiritadi. 

 

“Manchester Yunayted” — 1998/1999

Mamlakat: Angliya

Murabbiy: Aleks Fergyuson

Eng yaxshi to‘purar: Duayt York (29 ta)

 

“Manchester Yunayted” trebl yutgan birinchi ingliz jamoasi bo‘ldi. Mavsumdagi har bir turnirda “qizil iblislar” raqiblar katta ustunlikka ega bo‘lishdi. Bu Aleks Fergyusonning fantastik jamoasining o‘ziga xosliklaridan biri edi. “Manchester Yunayted” Angliya chempioni unvonini faqat so‘nggi turda qo‘lga kiritib, “Arsenal”ni bir ochkoga ortda qoldiradi. Angliya kubogida ham “iblislar” “Arsenal”dan bir bosh ustun ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. 

 

Chempionlar Ligasi finalida “iblislar” yana bir bor ajoyib xarakter ko‘rsatishdi. O‘sha mavsumda «Bavariya» ham trebl uchun kurashayotgan edi, ammo Sheringem va Sulsherning gollari o‘yinni inglizlar foydasiga hal qiladi. 

 

“Barselona” — 2008/2009

Mamlakat: Ispaniya

Murabbiy: Pep Gvardiola

Eng yaxshi to‘purar: Lionel Messi (38 ta)

 

Pep Gvardiolaning “Barselona” bosh murabbiyi sifatidagi birinchi mavsumida uning Lionel Messi boshchiligidagi jamoasi barchani ortda qoldirib, trebl yutgan birinchi ispan klubiga aylandi. Kataloniyaliklar La Ligada 105 ta gol urib, ikkinchi o‘rindagi jamoani 9 ochko bilan ortda qoldiradi.  Ispaniya kubogida “Atletik”ni 4:1 mag‘lub etib, ishonchli g‘alabaga erishadi. Chempionlar ligasida jamoa “Chelsi” bilan yarim finalda “Kamp Nou”dagi golsiz durangdan so‘ng “Stemford Brij”da o‘zlarining eng qiyin uchrashuvini o‘tkazishadi. Inestaning so‘nggi daqiqalarda urgan goli ispanlarni finalga olib chiqadi.  Rimda bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida «Barsa» amaldagi chempion “Manchester Yunayted”ni Eto‘O va Messining gollari evaziga 2:0 hisobida mag‘lub etadi.

 

«Inter» — 2009/2010

Mamlakat: Italiya

Bosh murabbiy: Joze Mourinyo

Eng yaxshi to‘purar: Diyego Milito (30 ta)

 

Joze Mourinyo «Inter»ga treblga erishgan birinchi Italiya klubi bo‘lishiga yordam berdi. Murabbiy jamoada hayratlanarli muhit yaratishga muvaffaq bo‘ldi.  A Seriyada «Inter» «Roma»ni ikki och farq bilan ortda qoldirdi. Keyin Rimdagi «Olimpiyskiy» stadionida Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida ishlar yaxshi ketmadi – guruh bosqichida ular atigi ikkita o‘yinda g‘alaba qozonishdi va “Barselona”dan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi. Biroq qiyin bahslardan so‘ng finalda yetib kelgan jamoa hal qiluvchi bahsda «Bavariya»ni Militoning dubli evaziga mag‘lub etishadi.

 

«Bavariya» — 2012/2013

Mamlakat: Germaniya

Murabbiy: Yupp Xaynkes

Eng yaxshi to‘purar: Tomas Myuller (23 ta)

 

«Bavariya» bir yil oldin treblga erisha olardi, ammo bir oy ichida uchta sovrinni ham qo‘ldan boy berdi. Kloppning «Borussiya»si chempionlik va kubokni qo‘lga kiritdigan bo‘lsa “Chelsi” Myunxen jamoasini Chempionlar ligasi finalida mag‘lub etdi. Keyin yili Bundesligada «Bavariya» bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lib, Dortmund jamoasidan 25 ochko ortda qoldirdi. Bu mavsum «Bavariya»ning Bundesligada ketma-ket 11 chempionlik seriyasini boshlagan mavsum edi. Germaniya kubogi finalida «Shtutgart» mag‘lub etiladi. Chempionlar ligasi finali «Borussiya»  2:1 hisobida taslim etiladi.

 

“Barselona” — 2014/2015

Mamlakat: Ispaniya

Murabbiy: Luis Enrike

Eng yaxshi to‘purar: Lionel Messi (58 ta)

 

La Ligada «Barsa» deyarli mavsum oxirigacha “Real”ga qarshi bahs olib bordi. Yakunda ikki ochko hisobida Madriddan o‘zib ketdi. Ispaniya kubogi finalida Kataloniyaliklar “Atletik”ni 3:1 hisobida mag‘lub etishdi. Chempionlar ligasida ham «Barsa» sezilarli ustunlik qildi. 1/8 finalda Kataloniyaliklar “Manchester Siti”ni, chorak finalda «PSJ»ni, yarim finalda «Bavariya»ni, hal qiluvchi bahsda «Yuventus»ni mag‘lub etishdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Tarixda trebl qayd etgan jamoalar | Zamon.uz