0

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 10 yilga “kesildi”

Qurmanbek Bakiyevning kenja o‘g‘li ham 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 10 yilga “kesildi”

 

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev “Qumtor” oltin konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha sirtdan o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda respublika Oliy sudi matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar bermoqda.

 

Tegishli qaror Qirg‘izistonning Pervomay tumani sudi tomonidan qabul qilingan.

 

«Sud qarori bilan Qurmanbek Bakiyev jinoyat sodir etishda aybdor deb topilib, uning mol-mulki musodara qilinib, 3 yilga davlat lavozimini egallash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi», — deyiladi xabarda.

 

“Qumtor” konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanuvchilar orasida mamlakat sobiq prezidentining kenja o‘g‘li Maksim Bakiyev ham bor. Sud uning mol-mulkini musodara qilgan holda unga 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

 

Maʼlumot uchun, Qurmanbek Bakiyev mamlakatni 2005 yildan 2010 yilgacha boshqargan. Bakiyev 2010 yilda davlat to‘ntarishi natijasida ag‘darilgan. Siyosatchi Qirg‘izistonni tark etgan va hozir Belarusda. Bishkek Minskdan Bakiyevni ekstraditsiya qilishni bir necha bor talab qilgan, biroq har safar so‘rov rad etilgan.

 

Shunday qilib, hukmlarga qisman qo‘shilgan holda, Bakiyevning umumiy jazo muddati 30 yilni qattiq rejimdagi koloniyada o‘tashni tashkil qiladi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"