Ta'lim

Xorijliklar uchun o‘zbek tili o‘rgatuvchi darslik yaratildi

Kitob o‘zbek tilidan boshlang‘ich bilimga ega qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

Xorijliklar uchun o‘zbek tili o‘rgatuvchi darslik yaratildi

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi «O‘zbek maktabi» tomonidan "Xorijliklar uchun O‘zbek tili" (A2 daraja uchun) darsligi yaratildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Kitob o‘zbek tilidan boshlang‘ich bilimga ega qiziquvchilarga mo‘ljallangan. Ushbu darslik A1 daraja uchun mo‘ljallangan darslikning uzviy davomi sifatida to‘rtta til ko‘nikmasi (gapirish, yozish, o‘qish, tinglash) asosida A2 darajasidagi bilimlarni berishni ko‘zda tutadi.

 

Darslikning yuqori sifati, amaliy ahamiyatini yana-da oshirish uchun audio va video materiallar havola qilingan. Bundan tashqari til o‘rganuvchi bir paytning o‘zida o‘zbek madaniyatiga oid so‘zlar, so‘zlashuvda faol iboralar bilan ham tanishtirib boriladi.

 

"Ushbu darslik shu yo‘nalishda yaratilgan mavjud o‘zbek tili qo‘llanmalaridan inglizcha ko‘rsatma va izohlarning berilishi, har bir darsda ishlatilgan so‘zlarning ingliz, fransuz, koreys, turk, rus tillaridagi tarjimasi ko‘rsatilgani bilan ajralib turadi. Har bir mavzu yakunida berilgan xilma-xil topshiriqlar, QR kodlarda keltirilgan video lavhalar, immitatsion audiolar o‘rganuvchini tanqidiy fikrlashga, nutq vaziyatiga moslashishga, lug‘at materiallar esa so‘z zaxirasini yana-da boyitishga xizmat qiladi", – deyiladi xabarda.

 

Darslik yordamida til o‘rganuvchilar tanish vaziyatlarda kerakli til vositalarini tanlash, oddiy vaziyatlarda og‘zaki va yozma nutqda fikrlarni uzviy ifoda eta olish singari pragmatik kompetensiyalarni egallashlari maqsad qilingan.

 

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"