Salomatlik

Ortiqcha vazn umrni besh yilgacha qisqartiradi

AQSH olimlari tadqiqot o‘tkazdi.

Ortiqcha vazn umrni besh yilgacha qisqartiradi

 

Meʼyoriy vaznga ega bo‘lgan odamlar semirib ketganlarga qaraganda uzoqroq yashaydi. Shimoli-g‘arbiy universitet (AQSH) olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shundan dalolat bermoqda

 

Tadqiqotchilar 30 ming nafarga yaqin amerikalikning tibbiy sug‘urta maʼlumotlarini tahlil qilishdi. Ularning barchasi 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida tekshiruvdan o‘tkazilgan va ular haqida maʼlumotlar 2015 yil oxirigacha to‘plangan. Bu vaqt ichida 13 mingga yaqin odam vafot etdi.

 

Yig‘ilgan maʼlumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘rta yoshda tana og‘irligi indeksi qancha baland bo‘lsa, hayot davomiyligi shuncha qisqa bo‘lishi maʼlum bo‘ldi. 40 yoshida tana og‘irligi indeksi meʼyorda bo‘lgan odamlar o‘rtacha 82,3 yoshida vafot etgan. 40 yoshida semizlikdan aziyat chekkan odamlar o‘rtacha 77,7 yilgacha yashadi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar o‘rta yoshda o‘rtacha semizlikdan aziyat chekkan odamlar taxminan ikki yil kam umr ko‘rishini aniqlashdi.

 

Ushbu hodisaning aniq biologik sabablari hali ham nomaʼlum, ammo olimlar tana og‘irligi indeksi yuqori bo‘lgan odamlarda o‘rtacha umr ko‘rishning qisqarishi ko‘plab kasalliklar bilan bog‘liqligini taxmin qilishmoqda. Ortiqcha vazn va semirib ketish tanadagi to‘qimalarda yallig‘lanishni keltirib chiqaradi, tomirlarda xolesterin miqdori oshishi xavfini yuzaga keladi, yurak va boshqa muhim organlarga yuklama ortadi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"