O'zbekiston

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan hamkorlik qilinadi

Prezident qarori bilan tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi. Shuningdek, 1 mlrd dollar miqdorida kredit liniyasi ochiladi.

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan hamkorlik qilinadi

 

Prezidentning «Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. 

 

Farmonga ko‘ra, «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturi amalga oshiriladi. Dasturda tadbirkorlar «hamkorlik shartnomalari» (3 yilgacha muddatga tuziladi) asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi. «Hamkorlik shartnomalari»ni tuzgan tadbirkorlarga dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi. Dasturda kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

 

Dasturni amalga oshirish uchun 2023-2024-yillarda 1 milliard AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi. Kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan banklar tomonidan kreditlar dasturga kiritilgan tadbirkorlarning loyihalarini (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar bundan mustasno) amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada ajratiladi.


Bundan tashqari, dastur doirasida tadbirkorlarga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:

 

  • tadbirkorlar tomonidan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha:

 

  • tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, bandligini taʼminlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi;

 

  • fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

 

  • barcha soliqlar (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona to‘lovlarini taʼminotsiz va foizsiz 1 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;

 

  • davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari va yerga bo‘lgan huquqlar autsion orqali sotib olinganda, to‘lovlarni 5 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi;

 

  • bojxona nazoratini amalga oshirishda «yashil yo‘lak» qoidalari amal qiladi;

 

  • barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).

 

Shuningdek, qaror bilan «Kasb egasi» dual taʼlim tizimi tajriba tariqasida ishga tushiriladi (birinchi bosqichda 2023/2024-o‘quv yilida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3–4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi).

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"