O'zbekiston

O‘zbekistonda bir qator soliq turlari bo‘yicha penya va jarimalar bekor qilinadi

Shuningdek, ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

O‘zbekistonda bir qator soliq turlari bo‘yicha penya va jarimalar bekor qilinadi

 

Prezident qarori bilan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i va bir qator boshqa soliq, jarima va penya summalari hisobdan chiqariladi.

 

Qabul qilingan qaror bilan 2023-yil 1-iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:

 

  • jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

  • oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YATTlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operasiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi.

 

Shuningdek, ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi. Shu bilan birga, 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to‘xtatiladi.

 

Qayd etilishicha, fermer xo‘jaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv solig‘idan qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etildi.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi: 

 

  • har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini taʼminlash;

  • har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan (980 ming so‘m) miqdorda belgilash;

  • issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

custom img

O‘zbekistonda 70 yoshdan oshgan 29 erkak ota bo‘ldi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etildi.

custom img

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar liftlari uchun yangi talablar belgilandi

Tegishli o‘zgartirishlar uch oydan keyin kuchga kiradi.

custom img

Andijonda YPXdan qochishga uringan Onix haydovchisi YTHga uchradi

Qochish vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan avtomobil do‘konga urilgan.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"