Salomatlik

Narkologik kasallikka chalingan shaxs bilan bog‘liq barcha tekshiruvlar dispanserning o‘zida o‘tkaziladi

“Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Narkologik kasallikka chalingan shaxs bilan bog‘liq barcha tekshiruvlar dispanserning o‘zida o‘tkaziladi

 

19-iyun kuni Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

 

“Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risidagi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonuni, shular jumlasidandir.

 

Taʼkidlanganidek, “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan davlat ambulatoriya va statsionar sharoitlarda narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish davlat tomonidan kafolatlanmoqda.

 

Majburiy davolash atrofdagilarning xavfsizligi va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan yoxud jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, psixoaktiv moddalar taʼsiridan mastlik holatida maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun bir yil ichida bir martadan ortiq maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda ushbu qonunga muvofiq majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilgan narkologik kasallikka chalingan shaxsga nisbatan sudning qaroriga asosan qo‘llaniladi. Bunday majburiy davolash dispanser kuzatuvi ostida (dispanser hisobida) bo‘lgan va ixtiyoriy davolanishni rad etayotgan narkologik kasallikka chalingan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi belgilab qo‘yilmoqda.

 

Qonunga narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zaruriyatini aniqlash bilan bog‘liq barcha klinik tekshiruvlar narkologiya dispanserining o‘zida, zarur hollarda esa tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lgan boshqa tibbiyot muassasalarida o‘tkazilishi haqidagi norma kiritilmoqda.

 

Yana bir yangilik sifatida narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni narkologik kasallikka chalingan shaxsning oila aʼzolari xabardor qilingan holda, ichki ishlar organlarining tashabbusiga ko‘ra tayyorlanishi, shuningdek, ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ish materiallarni sudga topshirish tartiblari belgilanmoqda.

 

Majlis yakunida qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"