O'zbekiston

Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi imtiyozlar bekor qilinmoqda.

Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi

 

Prezident «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

 

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);

  • yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;

  • jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarinikompensatsiya qilish

 

Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxslardan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olinadi.

 

Shuningdek, endilikda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muqaddam bu qoida Prezident qarorlari bilan ajratiladigan yerlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"