Ta'lim

Akademik litseylarga qabulda yozma imtihon bekor qilinadi

Shuningdek, abituriyentlarga "davlat granti" yoki "taʼlim yo‘nalishi" ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Akademik litseylarga qabulda yozma imtihon bekor qilinadi

 

Prezident "Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovasiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

 

  • kompleks davlat akkreditasiyasi har 4 yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;

  • litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.

 

Shu bilan birga, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi. Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yo‘li bilan yuritiladi.

 

Bundan tashqari, 2024 yil 1 yanvardan:

 

  • reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;

  • so‘nggi 5 yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

 

2025 yil 1 yanvardan:

 

  • nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

 

2023/2024 o‘quv yilidan:

 

  • akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

  • kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

  • abituriyentlarga "davlat granti" yoki "taʼlim yo‘nalishi" ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

  • talabaning taʼlim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

  • oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

 

Qayd etilishicha, 2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi hamda umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

custom img

Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni maʼlum qilindi

2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

custom img

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon qachon o'tkaziladi?

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"