Salomatlik

JSST ogohlantirish bilan chiqdi

Aprel oyida Xitoyda parranda virusidan ilk o‘lim holati qayd etilgani aytilmoqda.

JSST ogohlantirish bilan chiqdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shu yil mart oyidagi bayonotida dunyoda parranda grippi pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirgandi. 

 

Bunga mazkur virusning tez mutatsiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga egaligi sabab bo‘lgandi.

 

“Eng yomoni, u odamlar hayotiga zomin bo‘lishi mumkin”, deyilgan edi o‘sha chiqishda. Bu holat yuz berdi ham. Aprel oyida Xitoyda H3N8 virusidan ilk o‘lim holati qayd etildi.

 

Shularni inobatga olib, kecha JSST yangi bayonotini eʼlon qildi. Unda parranda grippining insonlarga yuqish xavfi yuqoriligi xususida keng jamoatchilik va soha mutaxassislari yana bir bor ogohlikka chaqirilgan.

 

Tashkilot masʼul xodimi Silvi Brianning taʼkidlashicha, mazkur virusning bemor insondan boshqasiga yuqishi kam kuzatiladi. Shunga qaramay, xushyorlik va ehtiyotkorlik shart.

 

Ayni sababdan JSST mamlakatlarni kasallik ustidan nazoratni kuchaytirish va aniqlangan holatlar bo‘yicha imkon qadar tezroq xabar berishga chaqiradi.

 

O‘z navbatida, epidemiologlarning taʼkidlashicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok bo‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.