Salomatlik

Favvoralarda cho‘milmang! Mutaxassis jiddiy tavsiya bilan chiqdi

Bunday obyektlar suvi basseynlar singari tez-tez almashtirilmaydi va zararsizlantirilmaydi. Shu bois issiqda ularda mikroorganizmlar tez va oson ko‘payadi.

Favvoralarda cho‘milmang! Mutaxassis jiddiy tavsiya bilan chiqdi

 

Jazirama zabtiga olgan shu kunlarda cho‘milish havzalari juda gavjum. Hatto shaharu tuman markazlarida yon-atrofga salqinlik taratib turgan baʼzi favvoralar hovuzlarida ham bolajonlarni uchratyapmiz. Ammo shifokorlar bunday havzalarda cho‘milish salomatlik uchun zararli, degan xulosada.

 

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova qator tavsiyalar berdi.

 

Favvoralar — havoni namlantirib turish va yon-atrofga estetik ko‘rk bag‘ishlash maqsadida barpo etiladi. Ular cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan.

 

Bunday obyektlar suvi basseynlar singari tez-tez almashtirilmaydi va zararsizlantirilmaydi. Shu bois issiqda ularda mikroorganizmlar tez va oson ko‘payadi.

 

Oqibatda favvorada cho‘milish o‘tkir virusli ichak infeksiyalari, gepatit (A,E), ichburug‘, ichterlama, lyamblioz kabi xavfli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

 

Qolaversa, bunday havzalarga turli kommunikatsiya va yoritish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bu esa suv ostidagi konstruksiyalarga qoqilib, jarohat olish xavfini oshiradi.

 

Yana bir omil: fontanlar — qushlar, it va mushuklar hamda boshqa jonivorlar chanqog‘ini qondirishi, cho‘milishi, sho‘ng‘ishi uchun ochiq hamda qulay manba. Bu esa mazkur havzalarga turli lichinkalar tushishiga olib keladi.

 

Agar shunday ifloslangan suvga bolalar, ayniqsa, badanida turli yara va jarohatlari bor o‘g‘il-qizlar tushsa, teri kasalliklarini keltirib chiqaruvchi stafilokokk, streptokokk, enteraviruslar va boshqa parazit hamda mikroblarni yuqtirib olishi oson.

 

Bunday muhit burun, og‘iz va quloq shilliq qavatlari yallig‘lanishiga ham olib kelishi ehtimoli mavjud.

 

O‘z navbatida, yomg‘ir suvi favvoralarga qo‘shilishi ular tarkibida zararli kimyoviy aralashmalar paydo bo‘lishiga olib kelishini unutmaslik kerak.

 

Ayni sababdan, avvalo, taqiqlangan, ifloslangan, tekshirilmagan va notanish suv havzalariga tushmaslikni tavsiya etamiz.

 

Agar ochiq havzalarda cho‘milish vaqtida va undan keyin holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, tana harorati ko‘tarilishi, ich ketishi, qorin dam bo‘lishi kabi alomatlar yuzaga kelsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"