Siyosat

Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi bilan uchrashdi

Uchrashuvda xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining birinchi sammiti doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Valiahd davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

 

Mamlakatimiz yetakchisi, o‘z navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga yurtimiz fuqarolari haj va umra amallarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Muzokaralarda O‘zbekiston-Saudiya munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘tgan yilning avgust oyida o‘tgan ikki tomonlama sammit davomida qabul qilingan bitim va kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga, qo‘shma korxonalar soni ikki barobarga oshdi. Yetakchi «Acwa Power» kompaniyasi ishtirokida “yashil” energetikada muhim loyihalarni amalga oshirish boshlandi. «Yashil vodorod», neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

 

Uchrashuvda xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi bilan uchrashdi | Zamon.uz