Prezidentning tug‘ilgan kuni munosabati bilan qutlovlar kelmoqda
Xususan, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari samimiy tabrikladi.

Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbariga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik va faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Qirg‘iziston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.
Qozog‘iston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyevning Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Turkmaniston amaliy hamkorligini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan qutladi.







