Ot o‘rnini toy bosar yoxud davlat boshqaruvi otameros qolgan prezidentlar

Qiziqarli siyosat loyihasining bugungi sonida rahbarlik kursisini otasidan meros olgan prezidentlar haqida maʼlumot beramiz.

Ot o‘rnini toy bosar yoxud davlat boshqaruvi otameros qolgan prezidentlar

 

Prezident saylovlar orqali hokimiyat tepasiga keladi. Avloddan-avlodga o‘tuvchi monarxiya prinsipidan farqli jihat ham shu, aslida. Ammo dunyoda o‘z otasining o‘rnini bevosita yoki bilvosita egallagan prezidentlar ham yo‘q emas. Qiziqarli siyosat loyihasining bugungi sonida rahbarlik kursisini otasidan meros olgan prezidentlar haqida maʼlumot beramiz.

 

 

 

Oq uyga egalik qilgan yaʼni AQSH prezidentlari orasida ota-o‘g‘il Bushlarning alohida o‘rni bor. 1946 yilda AQSHning Konnektikut shtati Nyu-Xeyven shahrida tug‘ilgan Jorj Uoker Bush 2001-2009 yillarda mamlakatning 43-prezidenti bo‘lgan. Uning otasi Jorj Gerbert Uoker esa 41-prezident sifatida 1989-1993 yillarda davlatni boshqargan.

 

AQSHda sobiq prezident atamasi qo‘llanmaydi va bu lavozimni egallagan inson umrbod shu nom bilan, faqat raqamlarini ko‘rsatgan holda (masalan 41-,43-prezident) nomlanadi. Ikkita bir xil ism-sharifli prezidentlarning borligi chalkashliklarni keltirib chiqarmasligi uchun “katta” va “kichik” qo‘shimchalari qo‘llaniladi. Shuning uchun ham, aynan, ota va o‘g‘il Jorj Bushlar uchungina “katta” va “kichik” qo‘shimchalari qo‘llaniladi.

 

 

 

KXDR tuzumini avvaldan Kimlar sulolasi boshqarib keladi. Dastlab Kim Ir Sen bu davlatning ilk rahbari sifatida tarixda qolgan. 36 yillik boshqaruvdan so‘ng, 1994 yilda uning o‘limi aholi shu darajada qayg‘uga soladiki, hatto ko‘plab fuqarolar buni ko‘tara olmay diktatorning ortidan boqiy dunyoga rihlat qilgani aytiladi. «Davlat va millatning buyuk dohiysi», «Porloq yulduz», «Beqiyos birodar», «Harbiy sohada daholarning dahosi», «Xalq otasi», «Hurmatli (eng yuqori, aqlli, yagona, севимли...) rahbar», «Qimmatli ota», «Kommunistik kelajak quyoshi», «Davlatlar birlashuvi kafolati», «Yo‘lchi yulduz» kabi nomlarni o‘zida jamlagan mamlakat rahbari lavozimi 1970 yilda Kim Ir Senning o‘g‘li Kim Chen Ir qo‘liga o‘tdi.

 

Kim Chen Ir otasining siyosatini “sadoqat” bilan davom ettirdi va mamlakat o‘zining siyosiy rejimidan og‘ishmadi. Biroq 2011 yilda Kim Chen Ir vafot etadi. Shundan so‘ng esa hokimiyat boshqaruvi yosh va tajribasiz Kim Chen In qo‘liga o‘tadi.   

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Kim Chin Inning bolaligi Shveysariyada Shimoliy Koreya diplomatining o‘g‘li niqobi ostida o‘tgan. U Shimoliy Koreyaga rahbar bo‘lgach mamlakatda harbiy paradlar, yadroviy sinovlar va shaxsga sig‘inish holatlari kuchaydi.

 

Bir qarashda hokimiyat avloddan avlodga o‘tayotgandek tuyilsada, bu mamlakatda ham davlat rahbarligiga saylovlar bo‘ladi. Faqat ularning o‘ziga xos jihati yagona nomzod ko‘rsatiladi (ularning kimligini yaxshi bilasiz) va bu nomzodning 100 foiz ovoz to‘plagani eʼlon qilinadi.

 

 

 

Ilhom Aliyev lavozimni otasidan keyin egallagan shaxs. Uning otasi Haydar (Geydar) Aliyev 1993-2003 yillarda Ozarbayjon prezidenti bo‘lgan. Otasining vafotidan keyin Ilhom Aliyev prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan va shundan keyin qatorasiga to‘rt marta — 2003, 2008, 2013 va 2018 yillarda saylovlarda g‘olib bo‘lib, davlatni boshqarib kelmoqda. Uning rafiqasi Mehribon Aliyeva mamlakatning vitse-prezidenti hisoblanadi. Uning o‘g‘li kichik Geydar Aliyev hali 22 yoshda va u biznes bilan shug‘ullanadi. 

 

 

 

Ota-bola Berdimuhamedovlar. Gurbanguli va Sardor Berdimuhamedovlar nomi Turmaniston respublikasi tarixida o‘chmas iz qoldirmoqda.

 

2007 yilda Saparmurod Niyozov vafotidan so‘ng uning o‘rniga Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti bo‘ldi.

 

2022 yil 11 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z lavozimini yosh yetakchilarga topshirib, Xalq maslahati raisi sifatida qolishini maʼlum qildi va hukumat tepasiga uning o‘g‘li Sardor Berdimuhammedov keldi.

 

Sardor Berdimuhamedov 2011-2013 yilda BMTning Jenevadagi (Shveysariya) bo‘limi Turkmaniston vakolatxonasida maslahatchi lavozimida ishlagan. Bundan tashqari, 2016-2019 yillar oralig‘ida Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro axborot boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan.

 

Bahriniso Madumarova

custom img

Toshkent aeroportida tillani ichki a’zolariga yashirgan yo‘lovchilar ushlandi

Ular shu tariqa 410 gramm zargarlik buyumlarini Istanbulga olib chiqib ketishga uringan.

custom img

Tramp Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi

Mazkur taklif AQSh-Isroil va Eron urushini yakunlash bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida ko‘rilgan.

custom img

Eron yuanda savdo qilish sharti bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan neft tankerlarini o‘tkazishi mumkin

Jahonda neft savdosi AQSh dollarida amalga oshiriladi. Faqatgina sanksiyalarga uchragan Rossiya nefti savdosida rubl yoki Xitoy yuani ishlatiladi.

custom img

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari pora bilan qo‘lga olindi

Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi 20 million so‘m, Qoraqalpog‘istonda esa hokimiyat vakili 3 ming dollar olganda ushlangan.

custom img

Surxondaryoda erkak mavjud bo‘lmagan Cobalt avtomobilini 15 kishiga sotdi

U xaridorlardan yangi shinalar qo‘yish uchun oldindan to‘lov qilishni so‘ragan. Pullarni olgach, yozishmalarni o‘chirib yuborgan.

custom img

AQSH Yaqin Sharqqa 5 000 nafar dengiz piyodasi va qo‘shimcha harbiy kemalarni yuboradi

Shuningdek, AQSH dengiz flotining amfibiya jangovar kemasi USS Tripoli ham Yaqin Sharqqa yo‘naltirilmoqda.

custom img

Eron bilan urush men uni yakunlanishini his qilganimda tugaydi tugaydi — Donald Tramp

AQSH prezidenti Eron bilan urushning aniq tugash muddatini belgilamadi.

custom img

Toshkent va Farg‘onada 8 kilogrammga yaqin gashishning tarqalishi to‘xtatib qolindi

Sirdaryodan noqonuniy suzib o‘tgan shaxs va yana bir necha fuqaro qo‘lga olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"