O'zbekiston

Navoiy shahar hokimligi AI yordamida tayyorlangan obodonlashtirish suratlari uchun uzr so‘radi

Hokimlik axborot xizmatiga ko‘ra, materiallarni tayyorlashda sun’iy intellekt elementlaridan foydalanilgan va ular tegishli tekshiruvdan o‘tkazilmasdan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

Navoiy shahar hokimligi AI yordamida tayyorlangan obodonlashtirish suratlari uchun uzr so‘radi

Navoiy shahrining “Hayot” mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari aks etgan fotomateriallarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgani yuzasidan shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Hokimlik axborot xizmatiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarga materiallarni tayyorlash va joylashtirish jarayonida mas’ul xodimlar tomonidan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgan. Mahalladagi o‘zgarishlarni ko‘rgazmali formatda taqdim etish maqsadida dizayn jarayonida sun’iy intellekt elementlaridan foydalanilgan va materiallar tegishli tekshiruvdan o‘tkazilmasdan e’lon qilingan.

 

Hokimlik mazkur holat va jamoatchilik e’tirozlari yuzasidan fuqarolardan uzr so‘ragan. Materiallarni tayyorlashga mas’ul xodimlar ogohlantirilgani ma’lum qilingan.

 

Shu bilan birga, hokimlik “Hayot” mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilganini bildirgan. Ushbu ishlarning natijalarini ko‘rsatish uchun munosabatga mahalla hududining hozirgi holatini aks ettiruvchi ishlov berilmagan foto va videolar ilova qilinayotgani qayd etilgan.

 

Hokimlik axborot xizmati OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik vakillarini mahallaga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlarni joyida baholashga taklif qilgan.

 

Shuningdek, kelgusida axborot xizmati faoliyatida shu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun nazorat va talablar kuchaytirilishi ma’lum qilingan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"