Jinoyat

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrida tadbirkorlardan qo‘rqitish va zo‘ravonlik yo‘li bilan yirik miqdorda pul mablag‘larini talab qilganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi.

 

Maʼlum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan ikki nafar fuqaro o‘zini Izzat deb tanishtirgan shaxs va uning sheriklari tomonidan qo‘rqitish hamda bosim ostida pul mablag‘lari talab qilinganini bildirgan.

 

Murojaatchilardan birining aytishicha, undan BMW X5 avtomobili uchun 30 ming dollar, oshxona mebeli uchun esa 15 ming dollar to‘lash talab qilingan. Umumiy hisobda undan 70 ming dollar olib qo‘yilgani ma’lum qilingan.

 

Ikkinchi murojaatchi esa biznesga majburan sherik qilinganini, unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilgani va qo‘rqitish orqali avtomobil sotib olishga hamda jami 38 ming dollar berishga majbur qilinganini bildirgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida yana bir ayol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. U o‘zining shaxsiy suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitilganini, uchrashuvga va jinsiy aloqaga majburlanganini ma’lum qilgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 1988-yilda tug‘ilgan Isoq ismli shaxs bo‘lib, “Izzat Nazarbek” laqabi bilan tanilgan. U Uchtepa tumanidagi sport zalida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

 

Tezkor tadbir doirasida gumonlanuvchida ikki dona qurol va o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlangan. Ko‘zdan kechirish davomida “Baykal” rusumli ikki dona to‘pponcha, ularga tegishli o‘q-dorilar, pichoqlar va to‘pponcha g‘ilofi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 121-moddasi 4-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"