O'zbekiston

Tataristonda dron hujumidan halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 8 nafarga yetdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, jabrlangan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatish, halok bo‘lgan fuqarolarni olib kelish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

Tataristonda dron hujumidan halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 8 nafarga yetdi

10 avgust kuni Rossiyaning Tatariston Respublikasi Nijnekamsk shahrida sodir bo‘lgan dron hujumi oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari soni 8 nafarga yetdi. Yana bir necha nafar o‘zbekistonlik turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan fuqarolar Nijnekamsk hududidagi qurilish korxonalaridan birida quruvchi bo‘lib faoliyat yuritgan.

 

Hodisa ortidan Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilingan.

 

Komissiya zimmasiga jarohatlangan fuqarolarning holidan xabar olish, ularga zarur tibbiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish, halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarni maxsus aviareys orqali O‘zbekistonga olib kelish hamda marhumlarning yaqinlariga ko‘maklashish vazifalari yuklatilgan.

 

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Migratsiya agentligi va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh Rossiyaga yuborilgan.

 

Hozirda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakillari hodisa joyida bo‘lib, Rossiya tomoni bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rmoqda.

 

Jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida tezkor ma’lumot olish uchun Qozondagi O‘zbekiston Bosh konsuli bilan +79656007979, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan esa +79257508757 va +79251270002 raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

 

Avvalroq, Nijnekamsk shahrida 10-avgust kuni qator obyektlarga uchuvchisiz uchish apparatlari orqali hujum uyushtirilishi oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"