O'zbekiston

Bag'dodda 41 nafar qizga noqonuniy diniy ta'lim berilgani aniqlandi

Diniy ta’lim olgan 41 nafar voyaga yetmagan qizning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bag'dodda 41 nafar qizga noqonuniy diniy ta'lim berilgani aniqlandi

Bag‘dodda 41 nafar voyaga yetmagan qizga noqonuniy diniy ta’lim berilgani aniqlandi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB xabar berdi.

 

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorli 1987-yilda tug‘ilgan, Bag‘dod tumanining Durafshon mahallasida yashovchi ayol o‘z xonadonida hujra tashkil qilib, 41 nafar voyaga yetmagan qizga diniy saboq berib kelgani aniqlangan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qizlar Qo‘qon shahri, Uchko‘prik, Yozyovon, Buvayda va Bag‘dod tumanlarida yashovchi fuqarolarning farzandlari bo‘lgan. Ular hujrada yotib ta’lim olgan va har bir bola uchun ota-onalar oyiga 600 ming so‘mdan haq to‘lab kelgan.

 

Aniqlanishicha, diniy ta’lim berib kelgan ayol oliy ma’lumot va tegishli diplomga ega bo‘lmagan.

 

Holat yuzasidan hujra tashkil qilgan ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shuningdek, hujrada diniy ta’lim olgan 41 nafar voyaga yetmagan qizning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"