Jahon

Tataristondagi dron hujumida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hujum oqibatida halok bo‘lganlar orasida Tojikiston fuqarolari ham borligi xabar qilingan.

Tataristondagi dron hujumida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

 

Rossiyaning Tatariston Respublikasi Nijnekamsk shahrida 10-avgust kuni qator obyektlarga uchuvchisiz uchish apparatlari orqali hujum uyushtirilishi oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

 

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Tatariston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hodisa oqibatida jami 13 kishi halok bo‘lgani, 39 kishi turli darajada jarohat olganini ma’lum qilgan.

 

Bosh konsulxona mazkur holatni nazoratga olgan. Hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritish hamda halok bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida mahalliy mas’ul idoralar va tergov organlari bilan zarur aloqalar o‘rnatilgan.

 

Vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari sud-tibbiy ekspertiza va zarur rasmiy jarayonlar yakunlanganidan so‘ng Vatanga qaytariladi.

 

Rossiya rasmiylari hujum Nijnekamskdagi ishlab chiqarish va fuqarolik obyektlariga qaratilganini ma’lum qilgan. Hodisa yuzasidan Rossiyada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hujum oqibatida halok bo‘lganlar orasida Tojikiston fuqarolari ham borligi xabar qilingan.

 

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov hujum qurbonlari xotirasiga motam e’lon qilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"