Angrenda Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, 5,9 ming dollar olgan shaxs ushlandi
U fuqaroni ishga joylashtirish uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari borligini aytgan.

Angren shahrida fuqaroni Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, undan 5 900 dollar olgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo'limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o'tkazildi.
Unda fuqaro N.M. X.A.ning ishonchiga kirib, go'yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uni Koreyaga ishga yuborishini va'da qilgani aniqlangan. N.M. ushbu va'dasi asosida 5 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








