"Suzishni taʼlimga kiritish kerak" — Firuz Allayev

So‘nggi o‘n yilda dunyo bo‘yicha 2,5 million kishi cho‘kish oqibatida bevaqt hayotdan ko‘z yumgan. O‘zbekistonda joriy yilning 5 oyida 57 kishi suvda cho‘kib vafot etgan. Ularning 26 nafari voyaga yetmaganlardir.

"Suzishni taʼlimga kiritish kerak" — Firuz Allayev

 

Bu yil yoz qaynoqqina ob-havo bilan kirib keldi. Garchi “O‘zgidromet” joriy yozda anomal issiq bo‘lmaydi, deya bayonot bergan bo‘lsa-da, iyun oyi meʼyordan 2-3 daraja issiqroq bo‘lishi va harorat 40-42 darajagacha ko‘tarilishi haqida ham ogohlantirib o‘tgandi.

 

Global iqlim o‘zgarishlari oqibatida yuz berayotgan ekstremal ob-havo bilan bog‘liq hodisalar biz uchun kutilmagan hol emas: anomal qishdan keyin jazirama yoz kelishi ancha oldin taxmin qilingandi. Shu boisdanmi, yoz fasli kelishi bilan hamma salqinlash uchun tog‘lar-u salqin joylarga chiqishning harakatiga tushib qoldi. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent va Namangan viloyatlaridagi tog‘larga olib boruvchi yo‘llarda «mega probka»lar yuzaga kelgani aks etgan videolar ham tarqaldi.

 

Yozda kattalardan ko‘ra bolalar ko‘proq maza qilib dam olishadi. Ayniqsa, taʼtilning cho‘milish havzalarida o‘tishi ular uchun har tomonlama maroqliyu  Biroq bolalarning o‘yinqaroqligi, keyinini o‘ylamasligi va kattalarning beparvoligi sababidan har yili yoz mavsumida suvga g‘arq bo‘lish hodisalari ko‘paya boshlaydi. Bu har yili takrorlanaveradi, biroq kamdan-kam odam bundan tegishlicha xulosa chiqaradi. 

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, anomal issiqda sovuq suvga sho‘ng‘ish tavsiya etilmaydi. Tana haroratining keskin pasayishi yurak-qon tomirlari spazmini keltirib chiqarishi mumkin. Issiqda iliq dush qabul qilish yaxshidir, chunki undan keyin havo harorati mavjud bo‘lganidan pastroq ko‘rinadi.

 

Mavsum boshlanishi bilan O‘zbekistonda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar tez-tez ro‘y beradi. Rasmiy raqamlarga ko‘ra, joriy yilning 5 oyi davomida 57 kishi suvda cho‘kib vafot etgan, ulardan 26 nafari voyaga yetmaganlardir. Masalan, joriy yil iyun oyida Toshkent viloyatida 6 yoshli bola cho‘kib ketgan. Marhum bolakayning jasadini topishda ham muammo yuzaga kelgan. Shuningdek, Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 24 iyul kuni Norin tumani Xo‘jaqo‘rg‘oncha va Changitma mahallalarida yashovchi 2009 va 2011 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar cho‘milgani borib cho‘kib ketgan. Joriy yil 27 , 28 iyul kunlari ikki nafar bola g‘avvoslar tomonidan topilgan. Bundan tashqari, shanba kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar yigitdan 4 nafari cho‘kib ketdi. Hozirgacha bir yigitning murdasi topilgan, qolganlari qidirilmoqda. Holatga yigitlarning fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sabab bo‘lgan.

 

Dahshatli va ayanchli statistika

 

So‘nggi o‘n yilda dunyo bo‘yicha 2,5 million kishi cho‘kish oqibatida bevaqt hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotida so‘z boradi.

 

Baxtsiz hodisalarning 90 foizi qashshoq va kambag‘al davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Cho‘kish oqibatida vafot etganlarning asosiy qismi 1-4 va 5-9 yoshdagi bolalardir.

 

Vaziyatni xavotirli deb baholagan JSST fojialarning oldini olish uchun amaliy harakatlar qilish, birinchi navbatda bog‘cha yoshidagi bolalarga suzishni o‘rgatishni tavsiya qilgan. Bu maqsadda sarflangan bir dollar o‘n karra yuqori daromad keltiradi. Eng asosiysi, yuz minglab o‘lim va baxtsiz hodisalarning oldi olinadi, deb hisoblaydi xalqaro tashkilot.

 

«Samarali profilaktik chora-tadbirlar, tizimga ko‘proq mablag‘ ajratish va aholi xabardorligini oshirish ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi», — deydi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

 

Qayd etilishicha, Bangladesh, Janubiy Afrika Respublikasi, Tayland, Vyetnam kabi davlatlar cho‘kishning oldini olish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rmoqda. Xalqaro tuzilma boshqa davlatlarni ham ushbu muammoga eʼtibor qaratishga undamoqda.

 

Joriy yil may oyida JSST ilk bor cho‘kishlarning oldini olishga doir rezolyutsiya qabul qildi. Ushbu hujjatga ko‘ra, bu bo‘yicha global ittifoq tuziladi.

 

"Futbol va voleybol umr masalasi emas, lekin suzish umr masalasi"

 

“Asaxiy.uz” internet-do‘koni va Asaxiy Books loyihasi asoschisi Firuz Allayev suzishni taʼlimga kiritish masalasini ko‘tardi.  

 

«Kechagina bir yaqin insonim bilan shuni muhokama qilgan edik. Uning fikricha, qanchalik qiyin bo‘lmasin, har bir maktabda basseyn qilib, jismoniy tarbiya darsida suzishni majburiy qilish kerak. Cho‘kishlar, o‘limlar sonini ko‘rib odam u qanchalik haq ekanligini o‘ylaydi. Haqiqatdan, futbol va voleybol umr masalasi emas, lekin suzish umr masalasi. Oldindan odam qanaqa vaziyatga tushishini bilib bo‘lmaydi.

Qimmat bo‘lsa ham, suzishni taʼlimga kiritish kerak.

Hurmatli ota-onalar, farzandingizni suzishga bering. Bu hayot-mamot masalasi, yashab qolish uchun muhim ko‘nikma», — deydi Allayev.

 

Bahriniso Madumarova

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"