O'zbekiston

Buxoroda 4 kunlik chaqaloq ko'chaga tashlab ketildi

Aniqlanishicha, chaqaloq yashash xonadonida tibbiyot xodimlarining yordamisiz tug‘ilgan hamda onasi tomonidan tashlab ketilgan.

Buxoroda 4 kunlik chaqaloq ko'chaga tashlab ketildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ko'chaga tashlab ketilgan chaqaloq suratlari tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro IIB batafsil ma'lumot berdi.
 

Ma'lum qilinishicha, 8-avgust kuni soat 01:30 larda Qorako‘l tumani  markazida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB JXX JTSB PPX bataloni tumanlararo bo‘linmasi safdor xodimi Shahzod Saidov hamda tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori katta leytenant Habib Abdurahmonovlar o‘zlariga biriktirilgan hududda xizmat olib borayotganlarida tuman Markaziy kasalxonasi yaqinida chaqaloq yig‘isini eshitib qolishadi.
 

Natijada yaqin atrof ko‘zdan kechirilganida devor yonida yashil rangli paket ichida o‘g‘il bola jinsiga mansub, taxminan 3-5 kunlik sog‘lom holatdagi chaqaloq borligi aniqlangan. 

 

Shu paytning o‘zida chaqaloq ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi Bolalar bo‘limiga yotqizilib, zaruriy birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va soha mutaxassislari nazoratiga olingan. 

 

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu chaqaloq 4-avgust kuni yashash xonadonida hech qanday tibbiyot xodimlarisiz soat taxminan 08:00 lar atrofida dunyoga keltirilgan va 7-avgust kuni soat 21:00 atrofida 1995-yilda tug‘ilgan onasi tomonidan tashlab ketilgani aniqlangan.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Toshkentda chiptasiz yurishga qarshi nazorat kuchaydi.