Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi
Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida o‘qituvchi o‘quvchi qizni sinfdoshlari oldida kaltaklagani aks etgan xabarlar tarqaldi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, holat joriy yilning 23-oktabr kuni Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabining 8-«G» sinfida fizika darsi vaqtida sodir bo‘lgan.
Ayni paytda vaziyat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamkorligida o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha va batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.








