Dollar kursi pastladi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 33,15 so‘mga pastlab, 12 ming 041,88 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 33,15 so‘mga kamayib, 12 ming 041,88 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 13 ming 219,58 so‘mga baholanib, 88,31 so‘mga arzonlashgan.
Shuningdek, 1 rubl 122,37 so‘m etib belgilanib, 1,40 so‘mga arzonlashdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 14-avgust, dushanba kunidan kuchga kiradi.







