O'zbekiston

O'zbekistonda uzum yetishtirish hajmi oshdi

Respublika bo'yicha eng ko'p hosil Surxondaryo viloyati, eng past natija esa Qoraqalpog'iston hissasiga to'g'ri kelgan.

O'zbekistonda uzum yetishtirish hajmi oshdi

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 50 ming tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 2,7 foizga oshgan.

 

O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Namangan (15,1 foiz), Qashqadaryo (12,4 foiz), Buxoro (12,2 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

 

Uzum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (0,7 foiz), Jizzax viloyatida (1,4 foiz)ga to‘g‘ri kelgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"