O'zbekiston

Migrantlar rublning qadrsizlanishi sababli Rossiyadan ketishi mumkin

Rossiyadagi o‘zbek diasporasi vakillari o‘rtasida so'rovnoma o‘tkazildi.

Migrantlar rublning qadrsizlanishi sababli Rossiyadan ketishi mumkin

 

Rossiyadagi mehnat muhojirlarining uchdan bir qismi rublning dollar va yevroga nisbatan kursi tushib ketishi va buning natijasida daromadlarning kamayishi tufayli Rossiyani tark etishi mumkin. Bunday prognozni Moskvadagi o‘zbek diasporasi rahbari Bahrom Ismoilov berdi. 

 

O‘zbek diasporasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 50 foizi dollar kursining o‘sishi tufayli Rossiyani tark etish haqida o‘ylamoqda, respondentlarning 25 foizi mamlakatni tark etishni rejalashtirmayapti, yana 25 foizi esa hali qaror qabul qilmaganini ma'lum qilgan. Onlayn so‘rovda jami 22 800 kishi ishtirok etgan.

 

Dollar kursining o‘sishi tufayli Rossiyadagi muhojirlarning daromadlari vatandagi daromadlari bilan tobora ko‘proq taqqoslanyapti, deydi Ismoilov. Uning soʻzlariga koʻra, mehnat muhojirlarining Rossiyadan ketishi, ehtimol, eng kam haq toʻlanadigan sohalar — chakana savdo, umumiy ovqatlanish, tozalash, umumiy ovqatlanish, kurerlik yetkazib berish va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda kuzatilishi mumkin.

 

"Migrantlar daromadlari kamayib borayotganidan tashqari, vataniga pul jo‘natishda topgan pullarining bir qismini ham yo‘qotadi, chunki konvertatsiya pul oluvchi davlatning mahalliy kursi bo‘yicha amalga oshiriladi", — dedi Rossiya tojikistonliklari ittifoqi raisi Abdullo Davlatov.

 

Mehnat vazirligi, Butunrossiya mehnatni muhofaza qilish va iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti maʼlumotlariga tayanib, 2030-yilga kelib Rossiyada mehnat muhojirlariga boʻlgan ehtiyoj 3,5 million kishini tashkil etadi.

 

Ayni vaqtda Moskva vaqti bilan 11:52 holatiga ko'ra, Moskva birjasida dollar 98 rubl, yevro esa 107 rubldan sotilmoqda.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Ular mijozlarga o‘zlarini uy egalari yoki rieltorlar sifatida tanishtirgan.

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tun-u kun faoliyat yuritadigan “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi.

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi IREX bilan jurnalistlar malakasini oshirish va media sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan bog‘liq holatlarda ham qonunbuzilishlar aniqlanib, jumladan, bir xodimda 104 ta gaz balloni borligi qayd etilgan.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.