O'zbekiston

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

 

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida G‘ijduvon tumanida voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali G‘ijduvon tumanida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan qiz bilan tanishgan. Muloqot davomida o‘zini Ali deb tanishtirgan erkak qizning shaxsiy tasvirlarini internetda tarqatib yubormaslik evaziga undan pul talab qilgan.

 

U qizni sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, 2023-yil 18-oktabr kuni o‘rtog‘ining nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga 595 ming so‘m o‘tkazib olishga erishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.