Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi
Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti Maslahat kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida universitet prezidenti Ellen Granberg bilan oliygohning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Allamjonovning ma’lum qilishicha, suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.
U, shuningdek, dunyoning yetakchi ilm-fan markazlaridan biri bo‘lgan mazkur universitetning Maslahat kengashi a’zosi sifatida uning kelajakdagi rivojiga hissa qo‘shish o‘zi uchun sharaf ekanini ta’kidlagan.








