O'zbekiston

Prezident daraxtlarni kesganlikka jazo tayinlanuvchi qonunni rad etdi

Bunga jarimalar miqdorining kamligi sabab bo‘lishi mumkin.

Prezident daraxtlarni kesganlikka jazo tayinlanuvchi qonunni rad etdi

 

Prezident daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun yangi sanksiyalar ko‘zda tutilgan qonunni rad etdi. Bunga jarimalar miqdorining kamligi sabab bo‘lishi mumkin.

 

«Daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQSHda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million AQSH dollarigacha jarima belgilangan. Bizda bu harakat uchun 1000 AQSH dollarigacha jarima ko‘zda tutilgan qonun Prezident tomonidan rad etildi. Eʼtiroz to‘g‘ri, qonunni qayta ko‘ramiz», — deb yozgan parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov.

 

Eslatib o‘tamiz, Senatning 3 maydagi majlisida maʼqullangan qonun Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritilgan edi. Xususan, daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sug‘irib olish, shikastlash, nobud qilish yoki ko‘chirib o‘tkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (avval 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi ko‘zda tutilgan edi.

custom img

O‘zbekistonliklarning aksariyati qayerda yashaydi? Dastlabki ro‘yxatga olish natijalari e’lon qilindi

Xususiy uylar O‘zbekistonda eng keng tarqalgan yashash turi bo‘lib qolmoqda.

custom img

Pedagog ayollar uchun voleybol musobaqasi: g‘oliblarga “Damas” va millionlab mukofotlar

Pedagog ayollar o‘rtasidagi ilk respublika voleybol musobaqasi final bosqichi Namangan shahrida davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda 4–6-iyul kunlari sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Yomg‘irlar sabab suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

Toshkentda 2 ming dollar pora olgan kadastr bosh inspektori ushlandi

Andijonda esa 160 ming dollarga davlat yerini noqonuniy sotishga uringan shaxs qo'lga olindi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti — “Oltin moʻyna” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

custom img

Andijondagi zapravkada portlash yuz berdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor.

custom img

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yilda 20 foizga oshdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

custom img

O‘zbekiston va Gruziya qo‘shma turizm loyihalarini amalga oshiradi

Gruziyaning turizmni rivojlantirish tajribasi, jumladan, soliq imtiyozlari va enoturizm yo‘nalishlari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"