O'zbekiston

Jizzaxda ko'chatlar qurib qolishi sababli Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i jarimaga tortildi

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Baxmal tumanidagi mahallalarning birida ekilgan ko'chatlarning yarmiga yaqini qurib qolgan.

Jizzaxda ko'chatlar qurib qolishi sababli Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i jarimaga tortildi

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining xabar berishicha, Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Baxmal tumani bo'limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd o'tkazilgan.

 

Reyd davomida Baxmal tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan "Fidokor" MFY hududiga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 1332 tup manzarali ko‘chatlarning 450 tupi suvsizlik natijasida qurib qolgani aniqlangan.

 

Holati yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘iga Ma'muriy Javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"