O'zbekiston

Xalq deputatlari kengashlarining aksariyati Prezident farmonini bajarmagan

Korrupsiya agentligi xalq deputatlari kengashi sessiyalarining jonli efirga uzatilishi holatini monitoring qildi.

Xalq deputatlari kengashlarining aksariyati Prezident farmonini bajarmagan

 

Prezidentning 2021 yil 16 iyundagi Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalarini telekanallar, shuningdek, Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatishni taʼminlash belgilangan.

 

Shunga ko‘ra, mazkur tartibning mahalliy kengashlar tomonidan 2023 yil birinchi yarim yilligida ijro etilishi holati tahlil qilindi.

 

O‘rganish davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi, yaʼni Kengash sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno) muhokamasiga kiritilgan kun tartibidagi har bir masala hamda uzluksiz jonli efirga uzatilish holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Bunda sessiyalar to‘g‘risida eʼlon qilingan qisqa xabarlar yoki foto va videoreportajlar farmon talablari ijrosini taʼminlamaganlik sifatida baholandi.

 

Shuningdek, masofaviy monitoring tartibida translyatsiyalarning sifati va to‘liqligi o‘rganildi.

 

Aniqlanishicha, 2023 yil 6 oy davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan jami 102 ta sessiya o‘tkazilgan. Ulardan 40, yaʼni 39 foizi mahalliy telekanallar yoki Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

 

Misol uchun, xalq deputatlari Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar kengashlari tomonidan 2023 yil 6 oy davomida o‘tkazilgan birorta sessiya jonli efirga uzatilmagan.

 

O‘rganish davomida jonli efirga uzatilmagan sessiyalar aksariyati viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida (facebook, instagram, telegram) xabar va yangilik sifatida eʼlon qilib kelinganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Shuningdek, o‘rganish davomida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilishi holati ham tahlil qilindi.

 

Aniqlanishicha, 2023 yil birinchi yarim yilligida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan Respublika bo‘yicha jami 1676 ta sessiya o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 405 tasi, yaʼni 24 foizi mahalliy telekanallar yoki Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

 

Jonli efirga uzatilmagan aksariyat sessiyalarni tuman (shahar) hokimligi rasmiy veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda (facebook, instagram, telegram) xabar va yangiliklar shaklida eʼlon qilish bilan kifoyalangan.

custom img

OTMga kira olmagan abituriyentlar uchun 6-yo‘nalish tanlash boshlandi

Abituriyentlar 28-avgustgacha 31 mingdan ortiq vakant o‘rin uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

custom img

Toshkentda yo‘lni to‘sib qo‘yish ortidan janjal kelib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi.

custom img

Kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlariga menejerlik sertifikati berish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, menejerlik sertifikatiga ega texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlarining lavozim maoshiga mos ravishda 50 va 30 foiz miqdorida har oylik ustama belgilandi.

custom img

“Stadionni qanday qilib yo‘q qilib yuboryapsan?” — Surxondaryo hokimi

Ulug‘bek Qosimov maktab stadionlari o‘rnida qo‘shimcha binolar qurilayotganini tanqid qilib, maktab hududlaridan foydalanishda mas’uliyatli yondashuvni talab qildi.

custom img

Surxondaryoda 3 kg ga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Afg‘oniston fuqarosi “opiy”ni “jonli konteyner” orqali olib kirgani aniqlandi.

custom img

“Birorta bozor yopilmaydi va o‘z funksiyasini yo‘qotmaydi” — Shavkat Umurzoqov

Toshkent shahar hokimi investorlarga taklif etilayotgan 35 ta bozor va savdo majmualari haqida ma’lumot berdi.

custom img

Qiziqchi Shukurullo Isroilov rasman lavozimga tayinlandi

Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar bo‘ldi.

custom img

Dori, sigaret, telefon va qurilish buyumlari: qalbaki hujjatlar asosidagi yuk ushlandi

Holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"