O'zbekiston

Ekologik auditorga malaka sertifikati berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Ekologik auditorga malaka sertifikati berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

 

19 avgust kuni Hukumat qarori  bilan Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Qarorga muvofiq, ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, sertifikatni berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestrlari yuritish bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.

 

Maʼmuriy reglamentga ko‘ra, malaka sertifikatini berish bo‘yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.

 

Buning uchun talabgor:

 

—Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy maʼlumotli;

 

—sohada yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

 

Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

 

Malaka imtihoni kamida 3 nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

 

Imtihon test ko‘rinishida olinadi (jami 50 ta nazariy savol).

 

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga ekologik auditor malaka sertifikati berilib, sertifikat 5 yil muddatga amal qiladi.

 

Talabgorning murojaatini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

 

Reglamentga ko‘ra shuningdek, ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari shart.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"