Siyosat

Prezident AQSH delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezident AQSH delegatsiyasini qabul qildi

 

Bugun, 25 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Geri Pitersni qabul qildi.

 

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash hamda amaliy hamkorlikni, eng avvalo, ikki mamlakatning parlamentlararo muloqoti doirasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zaro aloqalar va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, AQSHning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari ko‘paymoqda. Muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

 

Ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan, AQSH Prezidenti tashabbusi bilan Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida o‘tkaziladigan “C5+1” formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.