“Bayden 2-prezidentlik muddati uchun qarilik qiladi”
Amerikaliklar mamlakat rahbari haqida fikr bildirishdi.

Amerikaliklarning fikricha, Jo Baydenning yoshi ikkinchi prezidentlik muddati davomida mamlakatni samarali boshqarishga to‘siq bo‘lishi mumkin. Jamoatchilik bilan aloqalar tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.
Respondentlarning 77 foizi Baydenning qariganini, mamlakatni yana to‘rt yil boshqara olmasligini aytgan. Bunga respublikachilar tarafdorlarining 89 foizi va demokratlarning 69 foizi hamfikrdir.
Sotsiologlar, shuningdek, respondentlarning Bayden bilan bog‘iq so‘zlarini tahlil qilishdi. So‘rov ishtirokchilarining 26 foizi prezidentning yoshini tilga oldi, yana 15 foizi “chalkash” va “sekin” so‘zlarini ishlatdi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklar yosh avlod hokimiyatda bo‘lishi tarafdori. Respondentlarning 68 foizi AQSH Kongressi senatorlari va Vakillar palatasi aʼzolariga, 66 foizi prezidentlikka nomzodlar uchun yosh chegarasi joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan.







