Erdog‘an va Putinning uchrashuv joyi maʼlum bo‘ldi
Tomonlar don kelishuvining yangi formulasini muhokama qilishadi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar 4 sentyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tadi. Ular don kelishuvining yangi formulasini muhokama qilish niyatida.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan aynan shu formulani ishlab chiqishga harakat qiladi. U o‘tgan hafta Ukrainaga tashrif buyurgan va tez orada Moskvada muzokaralar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, Turkiya hukumati BMT bilan variantlarni muhokama qiladi hamda Erdog‘an va Putin tomonidan muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan yangi formulani ishlab chiqadi.
Avvalroq Kreml spikeri Dmitriy Peskov Putin va Erdog‘an o‘rtasidagi uchrashuv tez orada bo‘lib o‘tishini aytib, biroq bu qachon yuz berishi mumkinligiga aniqlik kiritmagandi.







