O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistonga dori mahsulotlari yetkazib beradi

Ikki mamlakat farmatsevtika hamda sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga dori mahsulotlari yetkazib beradi

Afg‘onistonga O‘zbekistondan yiliga o‘rtacha 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi хаbar berdi.

O‘zbekiston vazirlik va idoralari mas’ullaridan iborat bir guruh vakillar Afg‘onistonda bo‘ldi. Delegatsiya tarkibida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov ham bo‘lib, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohasida Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarida muzokaralar olib bormoqda.

“Afg‘onistonning ‘Fyucher Vels Trayding’ kompaniyasi direktori G.Fahim bilan O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yiliga o‘rtacha 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, - deyiladi xabarda.

Xususan, Afg‘oniston Aholi salomatligi vazirligining farmatsevtika xizmatlari direktori Hamid Furmuli bilan mazkur mamlakatdagi “Ibn Sino” korxonasi negizida shartnoma tuzish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, stomatologiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Kobul shahrida atigi bitta korxona faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, uchrashuvlar davomida Afg‘oniston tibbiyot xodimlarini “Health manager” bo‘yicha malakasini oshirish, qisqa muddatli kurslarda o‘qitish masalalari kelishib olindi.

Mazkur holatlar e’tiborga olinib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori mahsulotlarini ushbu mamlakat bozoriga yetkazish borasida Afg‘oniston “Oziq-ovqat va dori vositalarini sifatini nazorat qilish” milliy uyushmasi raisi bilan samarali muzokaralar olib borildi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"