O'zbekiston

Sochlar salomatligi uchun 5 mahsulot

Ulardan niqob qilish kerakmas, shunchaki doimiy isteʼmol qilishning o‘zi yetarli.

Sochlar salomatligi uchun 5 mahsulot

Banan

Banan tarkibidagi V guruhi vitaminlari hisobiga sochlar salomatligini yaxshilaydi. Bundan tashqari, u teri va tirnoqlar uchun ham foydali.

 

Qovoq urug‘i

Sochlar salomatligi uchun zarur bo‘lgan yana bira mikroelement – ruh. Ruh yetishmovchiligi soch to‘kilishi va hatto kallikka olib kelishi mumkin.

 

Kungaboqar urug‘i ham ruh manbai sanaladi, lekin uning tarkibida ruh kamroq, kaloriyasi esa ko‘proq bo‘lgani sababli qovoq urug‘ini tanlagan maʼqul.

 

Kepak

Kepak – don qobig‘i bo‘lib, un ishlab chiqarishda chiqitga chiqadi. Ammo u organizm, ayniqsa sochlar uchun foydali. Uning tarkibida V1, V2 va V6 vitaminlari saqlanadi.

 

V1 vitamini bosh terisidagi yog‘ bezlari ishini normallashtiradi. V6 vitamini qazg‘oqning oldini olib, sochlar quruqligi va bosh qichishini davolaydi. Bu vitaminlar yetishmasa, sochlar jilosini yo‘qotadi. V2 vitamini qon aylanishini faollashtirib, soch ildizlarini kislorod va ozuqa moddalari bilan boyitadi. V2 yetishmovchiligida soch ildizi yog‘li, soch uchlari esa quruq bo‘lib qoladi.

 

Kepakni qatiq yoki yogurtga, salat, sho‘rvalar yoki kotletlarga aralashtirsa bo‘ladi.

 

Jigar go‘shti

Aksariyat ayollar temir yetishmovchiligidan aziyat chekishadi, bu qon yo‘qotishning tabiiy sikllari bilan bog‘liq. Bu sochlarga ham o‘z taʼsirini o‘tkazadi.

 

Mol jigari temir moddasiga boyligi bilan ajralib turadi. Bir haftada bir marta jigar yeb turish temir yetishmovchiligining oldini oladi.

 

Tuxum

Tuxumni ham doimiy isteʼmol qilgan maʼqul. U o‘zining diyetik ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekordchilardan biri. Sochlar uchun avvalo tuxum sarig‘i tarkibidagi A, D, E va V guruhi vitaminlari zarur.

Ammo ekspertlar tuxumli niqoblarning foydasi yo‘qligini isbotlashgan. Ular tuxumni sochga surishni emas, isteʼmol qilishni tavsiya qilishadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sochlar salomatligi uchun 5 mahsulot | Zamon.uz