Andijonda bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi
Rasmiylar tarmoqda tarqalgan videoga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida “Muhammad Yusuf bolajonlari” bog‘chasidagi tarbiyachi bolalarni urayotgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan taʼlim tashkiloti tarbiyachisi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lib, taʼlim tizimi imijiga salbiy taʼsir o‘tkazuvchi holatni yuzaga keltirgani uchun maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyatiga belgilangan tartibda intizomiy chora qo‘llanildi”, — deyiladi xabarda.







