Andijonda Labo YTHga uchradi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Kecha, 31 avgust kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida Labo yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 1979 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. Labo rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratuvchi temir to‘siqqa borib urilgan.
YTH oqibatida avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.







