Ikkinchi LET L-410 samolyoti O‘zbekistonga yetib keldi
U mamlakatning bir nechta shaharlariga parvozni amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways kompaniyasi Chexiyada ishlab chiqarilgan LET L-410 rusumli ikkinchi yengil samolyotni qabul qildi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu samolyot respublika ichidagi mahalliy yo‘nalishlarni rivojlantirish doirasida xarid qilingan. U O‘zbekistonning Zomin, Zarafshon, Shahrisabz, So‘x va boshqa shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.







