Eron elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunladi
TIV rahbari u bilan uchrashib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan.

Eronning O‘zbekistondagi elchisi Hamid Nayrobodiy faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida maʼlum qildi.
“O‘zbekistonda to‘rt yillik faoliyatini yakunlayotgan Eron Elchisi Hamid Nayrobodiy janoblari bilan uchrashdik. Janob Elchining ikki mamlakat munosabatlarini har tomonlama faollashtirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, – deb yozgan vazir.







