Zominda 2 trln so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
Rejaga ko‘ra, huddudda 11 ta mehmonxona va 225 o‘rinli anjumanlar saroyi quriladi.

Zominda yana 2 trillion 800 milliard so‘mlik loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasining bosh rejasiga muvofiq hududda dastlabki qiymati 2 trillion 800 milliard so‘mlik bo‘lgan 225 o‘rinli anjumanlar saroyi, oilaviy ko‘ngilochar markazi, 4 ta to‘rt yulduzli, 7 ta uch yulduzli mehmonxonalar, 6 ta apartament uylari, 7 ta restoran va kafelar, 8 kilometrli tog‘ chang‘i uchish trassasi, 13 ta attraksionlar qurilishi rejalashtirilgan.







